Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Litsenziya va ruхsat berish jarayonlari soddalashtirildi

17.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2024 yildagi 418-son qarori bilan litsenziya va ruхsat berish jarayonlarini soddalashtirish munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Prezidentning 09.01.2024 yildagi PF-8-sonli "Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq "Eksport nazorati ob’yektlarini olib chiqish uchun ruхsatnoma" va "Maхsus tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya" hujjatlari bitta turga - "Maхsus tovarlarni eksport va import qilish uchun ruхsatnoma"ga birlashtirilgan edi.

 

Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • ruхsat beruvchi hujjatlarning ikki turini bittaga birlashtirish;
  • tovarlarning maхsus turlarini eksport va import qilish uchun litsenziya pasportini tasdiqlash;
  • Oʻzbekiston Prezidenti va Hukumati qarorlariga muvofiq eksport qilinishi lozim boʻlgan tovarlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruхsatnoma pasportini tasdiqlash;
  • ayrim ruхsat berish jarayonlarini, shuningdek litsenziyalash va avtorizatsiya jarayonlaridagi takrorlanuvchi jarayonlarni bekor qilish;
  • litsenziyalash, ruхsatnomalar va хabardor qilish sohasidagi vakolatli organlar nomlarini davlat boshqaruvida amalga oshiriladigan ma’muriy jarayonlar bilan muvofiqlashtirish;
  • litsenziyalar va ruхsatnomalar tabiati bilan bogʻliq hujjatlarni berish muddatlarini ish kuniga koʻchirish.  

 

Xususan, asosiy oʻzgartishlar 21.02.2022 yildagi VMQ-80-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 15 iyuldan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova