2017 yil 14 martdagi PQ–2829-son «Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2834-1, 2017 yil 21 aprel) bilan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga qoʻshimcha kiritildi.
Belgilanishicha, akademik litseylarga oʻqituvchilikka jalb etiladigan oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlashda oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun nazarda tutilgan miqdorlar qoʻllaniladi.
Bu oliy ta’lim muassasalari professorlarining litseylar oʻquv jarayonida yanada koʻproq ishtirok etishiga хizmat qiladi, bu esa ta’lim sifatining oshishiga olib keladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 24 aprelda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.