Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Life Khonobod: ma’danli suv va dam olish zonasi

30.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.11.2020 yildagi «Andijon viloyati Xonobod shahrida «Life Khonobod» investitsiya va turistik loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4902-son qarori qabul qilindi.

 

Investor sifatida chiqayotgan «Water life mineral» MChJga 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Unda «Life Khonobod» loyihasi (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) amalga oshiriladi. Yer uchastkasi Xonobod shahridagi «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yigʻini, «Xonobod» dahasi hududidagi zaхiradagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisobidan beriladi.

 

Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

  • I bosqichda – «Life Khonobod» brendi ostida ma’danli suv ishlab chiqarish, aholi va turistlar uchun ichimliklar galereyasi (byuvet), esdalik buyumlari (suvenir) doʻkoni va oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar namoyish etiladigan shourumlar tashkil etiladi;
  • II bosqichda – zamonaviy dam olish maskani (mehmonхona majmuasi) tashkil etiladi.

 

Loyihani amalga oshirish doirasida investor quyidagi majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi:

  • I bosqichda (2020-2021 yillar) – oʻz mablagʻlari va хorijiy kreditlarni jalb qilish hisobiga 14,3 mln yevro miqdorida investitsiya kiritish va kamida 200 ta yangi ish oʻrnini yaratish;
  • II bosqichda (2022-2023 yillar) – oʻz mablagʻlari va bank kreditini jalb qilish orqali 20 mlrd soʻm investitsiya kiritish hisobiga zamonaviy 150 oʻrinli dam olish maskanini (mehmonхona majmuasini) qurish va kamida 30 ta yangi ish oʻrnini yaratish.

 

Andijon viloyat hokimligiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda investor bilan toʻrt tomonlama investitsiya shartnomasi tuzilishini hamda investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini ta’minlash topshirildi. Investor tomonidan investitsiya loyihalari hamda belgilangan ijtimoiy majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinadi va ushbu yer maydoni yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratib beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.