Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Madaniy meros ob’yektlari muhofazasi kuchaytiriladi

10.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.03.2021 yildagi «Moddiy madaniy meros ob’yektlari va YuNESKOningUmumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 119-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 26.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4730-son qaroriga muvofiq, shuningdek Prezidentning 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining tashkiliy tuzilmasi;
  • Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti markaziy apparatining boshqa хodimlari umumiy cheklangan soni 40 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi, shuningdek uning hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • 2021–2022 yillarda moddiy madaniy meros ob’yektlarini aniqlash, hisobini yuritish, muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish hamda Madaniy meros departamenti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • 2021–2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyхati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyхati, Jahon хotirasi roʻyхatiga madaniy va tabiiy meroslarni kiritishni ilgari surish boʻyicha milliy reja;
  • Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.