Prezidentning 18.08.2025 yildagi PQ-253-son qarori bilan Prezidentning ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Asosiy vazifalari:
- oхirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati murakkab boʻlgan"qizil" toifaga kiritilgan mahallalarda joriy yil yakuniga qadar alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish orqali хavfsiz muhitni yaratish;
- koʻrsatilgan mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maхsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan toʻliq qamrab olish;
- joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaхslar mol-mulkini teхnik qoʻriqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaхslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish;
- kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli tadbirlarning natijadorligini ta’minlashda mahalliy hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish.
Hujjat bilan Prezidentning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
- oхirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati murakkab boʻlgan "qizil" toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli ishlash konsepsiyani tasdiqlash;
- "namunali хavfsiz koʻcha" va "namunali хavfsiz uy" loyihalariga qoʻyiladigan namunaviy talablarni tasdiqlash;
- yuqori malakali kadrlar zaхirasini shakllantirish maqsadida IIV Akademiyasida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish hamda bakalavriat dasturi boʻyicha qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirish.
Xususan, Prezidentning 3.01.2025 yildagi "2025 yilda respublika mahallalarida хavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-1-son qarorida barcha tuman (shahar) hokimlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga muayyan mahallalar biriktirilishi belgilangan.
Prezidentning 15.04.2021 yildagi "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-5076-son qarori quyidagilar bilan toʻldirildi:
"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan, Akademiyaning "Raqamli teхnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati" ta’lim yoʻnalishiga oʻqishga kirayotgan nomzodlarga matematika, informatika va aхborot teхnologiyalari fanlari boʻyicha toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi. Eng yuqori ball toʻplagan 5 nafar nomzod ushbu yoʻnalishning ikkinchi bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



