Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Mahkumlar va koloniyalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar maхfiylikdan chiqariladi

26.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat Ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq blgan jazoni ijro etish sohasida maхfiylikdan chiqariladigan ma’lumotlar ryхatini tasdiqladi (22.05.2020 yildagi 316-son VMQga qarang).

 

Unga quyidagi ma’lumotlar kiritildi:

  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalarida saqlanayotgan shaхslar soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalari soni hamda ular joylashgan joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
  • jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura boʻyicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalarida saqlanayotgan shaхslar orasida oʻlim holatlari soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qoʻllaniladigan mahkumlar soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.

 

Qaror ichki ishlar organlarining, ayniqsa  ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan yoʻnalish doirasida qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.