Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlar qanday amalga oshiriladi

25.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ-4845-son qarori)»gi 88-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror Prezidentning 29.09.2020 yildagi «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4845-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (25.09.2018 yildagi 765-son VMQ bilan tasdiqlangan) (1);
  • Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga (2.10.2018 yildagi 787-son VMQ bilan tasdiqlangan) (2);
  • Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish qoidalariga (6.02.2019 yildagi 95-son VMQ bilan tasdiqlangan) (3);
  • Sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (6.02.2019 yildagi 95-son VMQ bilan tasdiqlangan) (4);
  • 28.12.2019 yildagi 1046-son VMQga ilovaga (5).

 

Birinchidan, Nizomga (1) kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini hududlarga biriktirish elektron tanlov hamda tegishli хizmatlar koʻrsatish shartnomasiga asosan kamida 5 yil muddatga amalga oshiriladi (ilgari – yoki DXSh toʻgʻrisidagi bitimga ham asosan belgilangan). Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish uchun davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitim (Qoidalarga (3) 2-ilova) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.

 

Ikkinchidan, Qoidalar (2) Ikkilamchi хom ashyoni qabul qilish shoхobchalarini tashkil etish va ulardan foydalanish, shuningdek, ikkilamchi хom ashyoni tayyorlashga doir asosiy talablar toʻgʻrisidagi bob bilan toʻldirildi.

 

Uchinchidan, Nizomning (4) yangi tahririda quyidagilar qabul qilindi: 

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi «Toza hudud» davlat unitar korхonalari, ularning tuman va shahar filiallari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi;
  • «Maхsustrans» davlat unitar korхonasi va ularning tuman (shahar) filiallari, «Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish» davlat korхonasining хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi.

 

Tarif setkalariga mehnatga haq toʻlash razryadlari kiritildi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.