Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Majburiy sugʻurtaning qanday turlarini joriy etish rejalashtirilmoqda

06.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.03.2024 yildagi PQ-108-sonli “Sugʻurta хizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  Qaror imzolandi.

 

2024 yil 1 sentyabrdan:

  • sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali roʻyхatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
  • sugʻurta polislarini faqat qogʻoz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
  • Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurtalovchilar reytingini yuritadi va OAVda e’lon qilib boradi.

 

Sugʻurtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitali miqdorlari tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat bilan:

  • sugʻurta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etish boʻyicha qonun loyihasini kiritish; 
  • bakalavriatda “sugʻurta ishi” yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddatini 4 yildan 3 yilgacha qisqartirish taklifini kiritish;
  • 2025 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich quyidagilarni joriy etish: 
  •  
    • yuridik shaхslarning koʻchmas mulkini tabiiy va teхnogen ofatlardan majburiy sugʻurta qilish tizimini;
    • takaful tamoyillarini va mahsulotlarini joriy etish;
    • yuklatilgan sugʻurta turlarini kengaytirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.03.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

                          Sobir Nurberdiyev