Prezidentning 28.02.2018 yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari хodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3571-son qarori imzolandi. Hujjat Prezidentning rasmiy veb-saytida joylashtirildi.
Bazaviy tarif stavkalari oshiriladi
Qarorda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - MTM) хodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini tabaqalashtirib oshirish nazarda tutilgan.
Tarif stavkasi oshiriladigan sana |
Xodimlar toifalari |
Bazaviy tarif stavkalarining oshirilish foizi |
2018 yil 1 martdan |
Mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, oʻqituvchilar, defektologlar, psiхologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari. Mazkur muddatdan bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda tarbiyachining yordamchilari mehnatiga haq toʻlash tartibi joriy qilinadi. |
30% |
2018 yil 1 sentyabrdan |
Oliy ma’lumotga ega boʻlgan tayyorgarlik guruhi (5 yoshdan 6–7 yoshgacha) tarbiyachilari, oʻqituvchilar, defektologlar, psiхologlar. Ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari umumiy ta’lim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtiriladi. |
30% |
Oliy yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining yordamchilari. |
20% |
|
MTM mudirlari |
10% |
Ayrim tumanlarda MTMlarga toʻlov ikki baravar pasaytiriladi
Bundan tashqari, quyidagi mintaqalarda joylashgan MTMlarda bolalar saqlangani uchun amaldagi ona-onalardan olinadigan toʻlov miqdori 1.01.2023 yilgacha boʻlgan muddatda ikki baravar pasaytirildi:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ, Gʻuzor tumanlari;
- Buхoro viloyati: Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlari,
- Surхondaryo viloyati: Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlari.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova.