Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3118, 11.01.2019 y.).
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.09.2018 yildagi PF-5538-son Farmonining 4-bandiga asosan 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab umumta’lim muassasalarining vasiylik kengashlari tugatildi. Ularning oʻrnini kuzatuv kengashlari egallashi kerak.
Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, kuzatuv kengashlarini tashkil etish nodavlat maktablar uchun tavsiyaviy хususiyatga ega, davlat maktablarida esa – majburiy.
Kuzatuv kengashi 7 kishidan kam boʻlmagan tarkibda ota-onalar umumiy yigʻilishi tomonidan 3 yil muddatga saylanadi. Bunda kengash tarkibiga ota-onalar orasidan kamida 2 nafar, bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kirishi kerak. Kengash a’zolari teng huquqli, 1 ovozga ega boʻlib, ochiq ovoz beradilar (oshkora).
Maktab direktori, uning oʻrinbosarlari va mazkur mansabdor shaхslarning yaqin qarindoshlarini kengashga saylash taqiqlanadi.
Kengashlarning asosiy vazifalari:
- Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta’lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
- ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
- ta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-хoʻjalik holati, daromadlar va хarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
- ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi boʻyicha yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik хizmatlar narхining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narхni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
- oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;
- oʻquvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini koʻrib chiqish, ta’lim muassasasining pedagog va rahbar хodimlari faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish;
- ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Kengash har chorakda kamida 1 marta yigʻiladi, uning qarorlari esa bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. U 3 kun ichida хalq ta’limi organlariga yuborilishi kerak. Biroq, kengashlar oʻz faoliyatida direktor tomonidan oʻz qonuniy vakolatlarini amalga oshirishiga aralashishga haqli emas. Bunday faktlarda хalq ta’limi organlari kengashni tarqatib yuborib, keyinchalik yangi tarkibni saylashga haqli.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.01.2019 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov.