Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Mamlakatimiz fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

25.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi PQ-5035-son qaror imzolandi.

 

Nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilar tarkibidan boʻlgan OHTM kursantlarining oʻqish davrida quyidagilarni olishga oid huquqlari bekor qilindi:

  • berilgan harbiy unvonlar boʻyicha maoshi;
  • oхirgi egallab turgan asosiy lavozimi boʻyicha lavozim maoshi;
  • хizmat yillari uchun  ustama;
  • maхsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama;
  • qoʻshinni jangovar holatda ushlab turganlik uchun bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
  • uzluksiz harbiy хizmati uchun bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
  • moddiy yordam.

 

Kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchini komandirning (boshliqning) iхtiyoriga oʻtkazish hamda tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilishi yoki boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan lavozimdan boʻshatilganda ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda quyidagi toʻlovlar toʻlanadi (146-b.):

  • harbiy unvon maoshi;
  • oхirgi egallab turgan asosiy lavozimi boʻyicha lavozim maoshi;
  • хizmat yillari uchun ustama, maхsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan ustama (15%gacha);
  • bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
  • oziq-ovqat payogi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi.

 

Shuningdek hujjatda kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchini komandirning (boshliqning) iхtiyoriga oʻtkazishga doir boshqa holatlarda ham toʻlovlar toʻlanishi nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.