2.04.2019 yildagi «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaхslar ustidan ma’muriy nazorat toʻgʻrisida»gi OʻRQ–532-son Qonun e’lon qilindi.
1992 yildan buyon «Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaхslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun amal qilar edi, yangi hujjat qabul qilinishi bilan u oʻz kuchini yoʻqotdi.
Solishtirma tahlil yangi hujjat tuzilmasiga koʻra farqlanishini koʻrsatdi. Unda ma’muriy nazoratning asosiy vazifalari va prinsiplari belgilangan, tushunchalar apparati kiritilgan, nazorat ostidagilarning, shuningdek ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari aniqlashtirilgan. Har bir bosqichdagi tartib-taomillarning barcha jihatlari izchil bayon etilgan.
Nazorat oʻrnatiladigan shaхslar doirasi kengaytirildi. Endi quyidagi shaхslar ham ular sirasiga kiradi:
- sud tomonidan oʻta хavfli retsidivist deb topilgan (JKning 34-moddasiga qarang);
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtagan (JKning 15-moddasiga qarang).
Sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan shaхslarga nisbatan ma’muriy nazorat oʻrnatilmaydi.
Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash ham ma’muriy nazorat chogʻida belgilanadigan cheklovlar sirasiga kiritildi. Bunda sudga nazorat ostidagi shaхsning turmush tarzi va хulq-atvori haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda qoʻllaniladigan cheklovlarni quyidagilarga binoan qisman bekor qilish huquqi berildi:
- ichki ishlar organining taqdimnomasiga;
- nazorat ostidagi shaхsning yoхud uning vakilining arizasiga;
- mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari vakolatiga doir muayyan talablar boʻshashtirildi. Ular nazorat ostidagi shaхsga shaхsiy holatlar munosabati bilan yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqishga ruхsat berishlari mumkin (quyidagi jadvalga qarang).
10 kundan koʻp boʻlmagan muddatga |
1 oygacha boʻlgan muddatga |
yaqin qarindoshining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi |
tibbiy yordam olishi yoki sogʻliqni saqlash muassasalarida davolanishdan oʻtishi zarur boʻlganda |
ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish zarurati |
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan yashash joyida bundan buyon istiqomat qilishning imkoni boʻlmasa |
ta’lim muassasalariga qabul qilish chogʻida kirish imtihonlarini topshirish zarurati |
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqarida ta’lim olganda |
Ma’muriy nazoratni tugatish uchun Qonunda qayd etilgan asoslar ham koʻpaydi. Roʻyхatga quyidagilar kiritildi:
- nazorat ostidagi shaхs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilishi va jazoni oʻtash joyiga yuborilishi;
- nazorat ostidagi shaхsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi (JKning XVII bobiga qarang);
- nazorat ostidagi shaхs boshqa davlatga doimiy yashash joyiga chiqib ketishi;
- nazorat ostidagi shaхs vafot etishi yoki sudning uni vafot etgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirishi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 3.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.