2017 yil 2 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatining Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 687-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Fargʻona viloyatining Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi ma’qullandi hamda koʻrsatilgan hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi.
Shuningdek, hujjat bilan Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilik va turizm markazlarini qurish va ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha taklif ma’qullandi.
Hujjat 2017 yil 11 sentyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.