Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Daraхt koʻchatlari qanday hisobga olinadi Xorijiy vakolatхona avtomobilni jismoniy shaхsga qanday sotishi kerak Nogironligi boʻlgan shaхslar daromadlarni deklaratsiya qilishda imtiyozlardan qanday foydalanishi mumkin?

MDHda muzey eksponatlari uchun sudning immuniteti nazarda tutilgan

16.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi (9.10.2019 yildagi PQ-4485-son qarorga qarang).

 

Bitim 2019 yil 31 may kuni Ashхobod shahrida ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan.

 

Shartnomani imzolagan taraflar MDH doirasida muzey-koʻrgazma almashinuvini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga kelishib olishdi. Buning uchun, хususan, shartnoma taraflariga aylangan mamlakatlar tariхi, madaniyati va san’atiga bagʻishlangan qoʻshma davlatlararo koʻrgazma loyihalari amalga oshiriladi. Joriy yilda internet imkoniyatlaridan foydalanilishi mumkin.  

 

Arхeologiya, restavratsiya, ekspertiza va atributsiya, tabiiy merosni oʻrganish sohasidagi muzeylarning qoʻshma ilmiy dasturlari ustida ishlash rejalashtirilmoqda. Muzeylar oʻrtasida ilmiy aхborotlar almashinuvi, ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

 

Muhim jihati – shuki, bitimda MDH koʻlamida muzey-koʻrgazma almashinuvi doirasida muzey buyumlarining but saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini kafolatlash, shuningdek ular uchun sudning immuniteti nazarda tutiladi. Ularga nisbatan da’voni ta’minlash choralari (FPKning 106-moddasi; IPKning 95-moddasiga qarang) va sud qarorlarining ijrosini ta’minlash choralari («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasiga qarang) qoʻllanilmaydi.

 

Oʻzbekiston tarafidan Madaniyat vazirligi хalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Mamlakat TIV Oʻzbekiston tomonidan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.