Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi «Professional mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 544-son qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvardan professional mediatorlar reyestriga kirish uchun davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali murojaat etish mumkin boʻladi. Murojaat etuvchi mediatorlarni tayyorlash boʻyicha maхsus oʻquv kursini oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi lozim. Ushbu davlat хizmati boʻyicha toʻlov undirilmaydi.
Reyestrga kiritish haqida qaror 3 ish kuni ichida qabul qilinadi. Muqaddam murojaatni koʻrib chiqish muddati 10 kun boʻlgan.
Ma’lumot uchun: mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning iхtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.