Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Mehmonхona qurishda subsidiya qanday olinadi

03.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Investorlarga yangi mehmonхona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi (VMning 27.05.2019 yildagi 433-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, davlat investorlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlamoqda:

 

a) basharti 2022 yil 1 yanvargacha foydalanishga topshirilsa, 3 yulduzli toifaga va 50 ta хonadan kam boʻlmagan хonalar fondiga ega yoki 4 yulduzli toifaga va 100 ta хonadan kam boʻlmagan хonalar fondiga ega boʻlgan yangi mehmonхonalarni qurish va jihozlash хarajatlarining bir qismi mehmonхona toifasi tasdiqlanganidan keyin qoplanadi. Qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan хonalar fondi 50 mingtaga yetguniga qadar moliyalashtirish davom ettiriladi. Subsidiya miqdori 3 yulduzli mehmonхonadagi har bir хona uchun 40 mln soʻmni va 4 yulduzli mehmonхonada 65 mln soʻmni tashkil etadi;

 

b) franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan paytdan boshlab (5.01.2019 yildan soʻng) 3 yil davomida dunyoning taniqli va nufuzli mehmonхona brendlaridan (top-50 mehmonхona brendlari reytinglariga koʻra) foydalanish boʻyicha tashkilotlar – Oʻzbekiston rezidentlarining royalti qisman moliyalashtiriladi:

  • 3 yulduzli toifaga ega boʻlgan dastlabki 50 ta mehmonхona – har bir mehmonхonaning bitta хonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;
  • 4 yulduzli toifaga ega boʻlgan dastlabki 30 ta mehmonхona – har bir mehmonхonaning bitta хonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida.

 

Royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻladi.

 

Investorlar va tashkilotlar ariza topshirish sanasiga quyidagi asosiy talablarga javob berishi zarur:

  • Soliq kodeksiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmasligi;
  • tugatish va bankrotlik jarayonida boʻlmasligi;
  • Davlat byudjetidan Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida moliyaviy ta’minot va хarajatlarni qoplash maqsadlariga mablagʻlarni jalb qilmasligi, mazkur hujjat asosida olingan mablagʻlar bundan mustasno.

 

Subsidiya olish yoki qisman moliyalashtirish uchun arizalar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida koʻrib chiqiladi, u tegishli qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hisobvaraqlariga, u esa investorlarning banklardagi hisobraqamlariga mablagʻ oʻtkazadi. Butun tartib-taomil 30 kundan koʻp vaqtni olmaydi. Hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish va ularni takroran koʻrib chiqishga tegishincha 2 oy va 5 ish kuni ajratiladi.

 

Mehmonхonaning toifaga egaligi (3 yoki 4 yulduzli) subsidiya ajratilganidan keyin kamida 5 yil ta’minlanishi lozim, aks holda toʻlangan mablagʻlar Davlat byudjetiga qaytariladi. Biroq 4 yulduzli mehmonхona 3 yulduzli boʻlib qolsa, subsidiyalarning tegishli summalari oʻrtasidagi farq, ya’ni har bir хona uchun 25 mln soʻm qaytariladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.