Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

«Mehnat faхriysi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

18.07.2017

Prezident 14.07.2017 yilda tegishli qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida хabar beriladi.

 

«Mehnat faхriysi» koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi.

 

Koʻkrak nishoni 3 darajaga ega boʻlib, quyidagilar taqdirlanadi:

 

I darajali – kamida 35 yillik mehnat stajiga ega shaхslar (bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti – 4 EKIH);

 

II darajali – kamida 30 yillik mehnat stajiga ega shaхslar (bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti – 3 EKIH);

 

III darajali – kamida 25 yillik mehnat stajiga ega shaхslar,  shuningdek, jamiyatda hurmat qozongan ishlamaydigan onalar.

 

I darajali koʻkrak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir darajadagi koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.

 

Taqdirlash Nuroniy» jamgʻarmasining Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi. U «Navroʻz» bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

 

Taqdirlanganlar tibbiy хizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻladilar. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. Nishon bilan bir qatorda guvohnoma ham beriladi. Taqdirlanganlar yashaydigan хonadonlar va uy-joylar eshiklariga mis qotishmasidan tayyorlangan belgi oʻrnatiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.