Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi (AV tomonidan 16.01.2016 yilda 2754-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qabul qilingan Nizomga muvofiq menejment tizimlarini sertifikatlashtirishni “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organi (SO) amalga oshiradi. Binobarin, boʻyurtmachi menejment tizimini sertifikatlashtirish organini oʻzi tanlaydi.
Menejment tizimlarining muvofiqlik sertifikati 5 yilga beriladi, sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazorati sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida har yili oʻtkaziladi.
Sertifikatlashtirish va inspeksiya nazorati boʻyicha ishlar qiymati shartnoma asosida belgilanadi.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 25.01.2016 yildagi 3-sonida rasman e’lon qilingan kundan 3 oy oʻtgach – 2016 yil 25 apreldan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.