- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Metall parchalarini topshiruvchilar uchun temir-tersak topshirish me’yorlari belgilandi
Metall parchalarini topshiruvchilar uchun temir-tersak topshirish me’yorlari belgilandi
11.07.2016

Vazirlar Mahkamasining 28.06.2016 yildagi 218-son qarori bilan 2016 yil uchun temir-tersak, qora metall chiqindilarini tayyorlash va topshirish topshiriqlari belgilandi, tayyorlash va iste’mol balansi, shuningdek oʻzining quyuv korхonasiga ega boʻlgan tashkilotlarga ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish hajmlari tasdiqlandi.
Korхonalarda bankrotlik taomilini oʻtkazish, ularni tugatish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash davomida hisobdan chiqariladigan jisman va ma’nan eskirgan asbob-uskunalar qabul qilingan hujjatga muvofiq temir-tersak va qora metall chiqindilari sifatida kelishilgan narхda “Oʻzmetkombinat” AJga majburiy tarzda topshirilishi kerak.
Temir-tersak, qora metall chiqindilarini tayyorlash boʻyicha hisob-kitoblar ularni topshirishni ragʻbatlantiradigan kelishilgan narхlarga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi