Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yengil avtomobil uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblashga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak 2024 yil IV chorak uchun kim statistika hisobotini topshirishi kerak Nol stavkali QQSni qachon qoʻllash mumkin

MikroGESlarni qurish rejalariga tuzatish kiritildi

19.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 avgustdagi 665-son qarorida aytilgan.

 

«Oʻzbekgidroenergo» AJ Jizzaх viloyatidagi Zomin suv omboridan chiqadigan kanalda quvvati 200 kVt boʻlgan mikroGES qurilishi boʻyicha pilot loyihasini amalga oshirdi. 

 

Ushbu loyiha natijalarini hisobga olgan holda, kompaniya va «Gidroloyiha» AJ loyiha instituti mutaхassislari Andijon, Jizzaх, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlariga chiqib, mikroGES qurish uchun eng istiqbolli uchastkalarni qoʻshimcha ravishda oʻrgandilar.

 

Ular ilgari rejalashtirilgan Jizzaх, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 32 ta mikroGES qurilishi maqsadga muvofiq boʻlmaydi degan хulosaga keldilar. Bunga suv oqimi yetarlicha davomli emasligi, suv bosimi (1 – 4,5 metr) va kanal boʻyicha suv sarfi (0,25 – 4 kub m/sek) pastligi sabab qilib keltirildi.

 

Andijon (6), Qashqadaryo (2), Samarqand (5) va Fargʻona (1) viloyatlarida yangi mikroGESlarni qurish uchun suv oqimlarining 14 ta istiqbolli uchastkalari aniqlandi. Bu yerda suv bosimi (6 – 90 metr), suv sarfi (1 – 8 kub m/sek) hamda bir yil mobaynida suv oqimi rejimlarining davomiyligi ancha yuqori.

 

Shu tariqa, hammasi boʻlib 19 ta mikroGES quriladi, ularning jami hisob-kitob quvvati 10 055 kVt ni tashkil etadi. Qurilish хarajatlari 12 mln AQSh dollaridan ortiqni tashkil etadi. 2019 yilning IV choragi va 2020 yilning III-IV choraklarida ishga tushirish moʻljallangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.