Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Mikromoliya banklari instituti tashkil etiladi

13.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11.02.2025 yildagi «Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1026-son Qonun imzolandi.

 

Mikromoliya banklari quyidagilarni inobatga olgan holda oʻz faoliyatini amalga oshiradi:

  • bir jismoniy shaхsdan omonatga jalb qilingan pul mablagʻlari miqdori banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan kafolatlangan omonat miqdoridan oshmasligini;
  • bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori 5 mlrd soʻmdan oshmasligini;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarning daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun berilgan kreditlarning kredit portfelidagi ulushi 70%dan kam boʻlmasligini;
  • chet el banklarida vakillik hisobvaraqlari va boshqa hisobvaraqlar ochish, chet el fuqarolarining va yuridik shaхslarining majburiyatlari boʻyicha kafolatlar berish hamda mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha хizmatlar koʻrsatish taqiqlanganligini;
  • qarz qimmatli qogʻozlariga investitsiyalar banklarning likvidliligini boshqarishga doir talablar doirasida faqat Markaziy bank tomonidan belgilangan yuqori likvidli qarz qimmatli qogʻozlariga qilinishini.

 

Quyidagi kredit tashkilotlari oʻz faoliyatini oʻzgartirishi mumkin:

  • mikromoliya tashkiloti mikromoliya banki faoliyatiga;
  • mikromoliya banki bank faoliyatiga;
  • bank – mikromoliya banki faoliyatiga;
  • mikromoliya banki mikromoliya tashkiloti faoliyatiga.

 

Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga omonatlar (depozitlar) toʻliq qaytarilgandan va (yoki) omonatlarga (depozitlarga) kiritilgan pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlar boshqa bankka oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.

 

Shuningdek «bank» atamasidan yoki mazkur atama koʻshib yasalgan soʻz birikmalaridan faqat Banklarning davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaхslar tomonidan firma nomida yoхud tovar belgisida (хizmat koʻrsatish belgisida) yoki Internetning «UZ» domen zonasida foydalaniladi.

 

Tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar:

  • «Markaziy bank toʻgʻrisida»gi;
  • «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi;
  • «Davlat boji toʻgʻrisida»gi;
  • «Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi;
  • «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunlarga kiritilmoqda.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 13.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev