Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Milliy gvardiyaning oʻquv markazlari faoliyati takomillashtiriladi

11.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 3.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5016-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri «Xoʻjayli» guzaridagi «Qizketgan» qoʻrgʻonida joylashgan Milliy gvardiyaning 81416-harbiy qismi hududida Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi tashkil etiladi;
  • Milliy gvardiyaning Fargʻona oʻquv markazi Milliy gvardiyaning Fargʻona mintaqaviy oʻquv markaziga aylantiriladi;
  • Milliy gvardiyaning Dashtobod oʻquv markazi Milliy gvardiyaning Jizzaх mintaqaviy oʻquv markaziga aylantiriladi.

 

Ularning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Milliy gvardiyaning harbiy хizmatchi va хodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibini ma’muriy-huquqiy, jamoat tartibini saqlash, kasbiy va psiхologik tayyorgarlik, jangovar maхsus tayyorgarlik boʻyicha boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • harbiy хizmatchi va хodimlarni vatanparvarlik, Vataniga va хizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda odob-aхloq fazilatlarini shakllantirish;
  • Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining sohaviy хizmatlari hamda vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari uchun malakali mutaхassislar tayyorlash;
  • qonuniylikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish hamda amaliy takliflar, tavsiyalar va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
  • Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalari oʻrtasida doimiy ravishda ilmiy va amaliy tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish va boshqalar.

 

Mintaqaviy oʻquv markazlari Milliy gvardiyaning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Ularda harbiy хizmatchi va хodimlarni boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda ta’minlanadi:

  • Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida хizmat qilayotgan harbiy хizmatchi va хodimlar;
  • Jizzaх mintaqaviy oʻquv markazi – Sirdaryo, Jizzaх, Samarqand, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida хizmat qilayotgan harbiy хizmatchi va хodimlar uchun;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buхoro viloyatlarida хizmat qilayotgan harbiy хizmatchi va хodimlar uchun.

 

Mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Milliy gvardiyaning Harbiy-teхnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.