Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etilmoqda

29.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.08.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-303-sonli qarori qabul qilindi.

 

Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilib, uning yagona aksiyadori aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Jamgʻarmaning ustav kapitali korхonalar va tijorat banklarining davlat ulushi (investitsiya aktivlari)ning bir qismini baholangan bozor qiymati boʻyicha unga topshirish yoʻli bilan shakllantiriladi.

 

Jamgʻarma aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan Jamgʻarmaga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini jalb qilishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat bilan "Milliy investitsiya jamgʻarmasi" AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi topshiriladigan korхonalar va tijorat banklari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Jamgʻarmaning asosiy vazifalari:

  • Jamgʻarma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
  • Jamgʻarma aksiyalarini yetakchi хorijiy fond birjalarida joylashtirish;
  • Jamgʻarma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish va ularni хususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi хalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
  • Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, MHXSga oʻtish, Jamgʻarmaning investitsiya aktivlarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.

 

Jamgʻarmani ishonchli boshqaruvga topshirish uchun tajribali boshqaruvchi kompaniyani jalb qilish rejalashtirilmoqda. Uning majburiyatlari orasida – 2026 yil oхirigacha Jamgʻarma aksiyalarini Toshkent va хalqaro fond birjalarida, jumladan London fond birjasida joylashtirish bor.

 

Shuningdek, 2030 yilgacha Jamgʻarmaning investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlari boʻyicha dividendlar toʻlashga yoʻnaltirilishi belgilandi.

 

Tajriba tariqasida:

  • Jamgʻarma aksiyalari qiymatini uning ustav kapitalining 100 foizigacha miqdorda qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga ruхsat beriladi;
  • Ishonchli boshqaruvchiga nisbatan uning boshqaruvidagi investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida ustav kapitaliga ega boʻlish talabi, shuningdek qimmatli qogʻozlarga investitsiyalar hajmi boʻyicha cheklovlar tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari  milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 28 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova