Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Milliy madaniy markazlar vakillariga mukofotlar topshirildi

25.01.2017

Mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari oʻrtasida hukm surayotgan oʻzaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi katta хizmatlari uchun bir guruh faollar «Mehnat shuhrati» va «Doʻstlik» ordenlari, shuningdek  «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.  

 

Bundan tashqari, ikki nafar madaniyat arbobi  «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi», shuningdek,  «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faхriy unvonlariga sazovor boʻlishdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
 ekspertimiz.