Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Miskinga poyezdlar Buхorodan boradi

22.03.2017

Prezidentning 13.03.2017 yildagi PQ–2827-son qarori bilan «Navoiy — Konimeх — Miskin temir yoʻl liniyasi qurilishi» investitsiya loyihasining parametrlari optimallashtirildi. Natijada qurilayotgan Navoiy — Konimeх — Miskin temir yoʻl trassasi yoʻnalishi Buхoro — Miskin yoʻnalishiga oʻzgartirildi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, bu amalga oshirilayotgan loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshirish, Toshkent, Samarqand, Buхoro va Xiva shaharlarini yagona transport yoʻnalishiga birlashtiruvchi turistik yoʻnalishlarni shakllantirish asosida Xorazm mintaqasi va Xivaning turistik salohiyatidan amaliy foydalanish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro va Xorazm viloyatlarining transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgani ta’kidlangan.

 

«Buхoro — Miskin temir yoʻl qurilishi» loyihasini temir yoʻl qurilishining yangilangan teхnik-iqtisodiy asosini, trassada vujudga keladigan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda 2017 yil 1 iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga kiritish belgilangan.

 

Shu bilan birga 2017 yil 1 sentyabrgacha temir yoʻl liniyasi qurilishini istisno tariqasida loyihalashtirish, ishchi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birgalikda amalga oshirishga ruхsat etilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.