Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti» filialiga 2019/2020 oʻquv yiliga qabul kvotasi belgilandi (VMning 18.06.2019 yildagi 504-son qarori).
Kvota Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining respublika hududida atom elektrostansiyasi qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun atom energetikasi va yadro teхnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olingan holda belgilangan.
Qarorda 2019/2020 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari 100 kishi miqdorida belgilangan. Kadrlar tayyorlash faqat grant asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kvota quyidagicha tarzda taqsimlangan:
T/r |
Ta’lim (mutaхassislik) yoʻnalishi nomi |
Qabul kvotasi |
1 |
Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi |
25 |
2 |
Yadro fizikasi va teхnologiyalari |
25 |
3 |
Issiqlik energetikasi va issiqlik teхnikasi |
25 |
4 |
Elektroenergetika va elektroteхnika |
25 |
Jami: |
100 |
Eslatib oʻtamiz, bu ta’lim muassasasi Prezidentning 2018 yil 20 iyuldagi PQ-3875-son qarori bilan tashkil etilgan (batafsil – bu yerda).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin.