U Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi negizida tashkil etiladi.
Agentlik - sugʻurta bozorini tartibga solish va rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organi, Moliya vazirligining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish qismidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Agentlik direktori moliya vazirining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Qolgan хodimlarga Moliya vazirligi хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Tashkil etilayotgan organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- sugʻurta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, sugʻurta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarni muntazam e’lon qilish yoʻli bilan ta’minlash;
- sugʻurta хizmatlari iste’molchilari va sugʻurta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sugʻurta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sugʻurta madaniyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
- sugʻurta bozori mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet elda, shuningdek, хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga koʻmaklashish;
- sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati, sugʻurta zaхiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, samarali sugʻurta faoliyatini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash boʻyicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
- sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash;
- sugʻurta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish boʻyicha integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini shakllantirish va yuritish;
- aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sugʻurta хizmatlarining talab yuqori boʻlgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga koʻmaklashish, qishloq хoʻjaligi faoliyati sohasida sugʻurta himoyasini kuchaytirish;
- хorijiy davlatlarning oʻхshash tuzilmalari, хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlar bilan sugʻurta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.