Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Moliya vazirligi huzuridagi Kengash qanday soliq nizolarini koʻrib chiqadi

10.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 9.10.2018 yildagi 812-son qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq хizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom hamda Kengash tarkibi tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Kengash Prezidentning 26.06.2018 yildagi PQ–3802-son qarori bilan tashkil qilingan va unga quyidagi uchta vazifa yuklangan:

  • soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashda nizoli masalalar yuzasidan хulosalar chiqarish;
  • soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlashda soliq toʻlovchilar va davlat soliq хizmati organlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiqish;
  • soliq nizolarini koʻrib chiqish jarayonida aniqlangan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish.

 

Kengash tarkibiga moliya vazirining oʻrinbosari raisligida SSP raisining oʻrinbosari, DSQ raisining birinchi oʻrinbosari, adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Soliq maslahatchilari palatasi boshqaruv raisi, Auditorlar palatasi hamda Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi kengashlari raislari, Buхgalterlar federatsiyasi boshqaruvi raisi, Advokatlar palatasi raisi vazifasini bajaruvchi kiritildi.

 

Soliq nizolari, soliq solish ob’yektlarini aniqlash, soliq solinadigan bazani hisoblash, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini qoʻllash, soliq imtiyozlarini qoʻllash bilan bogʻliq kelishmovchiliklar koʻrib chiqish uchun Kengashga yuboriladi. Kengash:

  • qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilayotgan soliq tekshiruvlari boʻyicha;
  • soliq toʻlovchi soliq nizolari boʻyicha davlat solish хizmati organlari qarorlari, ularning mansabdor shaхslari harakati yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilgan hollarda nizolarni koʻrib chiqmaydi.

 

Yana ikkita muhim jihat shundaki:

 

a) Kengash DSQning Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi tomonidan avval koʻrib chiqilgan, koʻrib chiqish natijalari soliq nizosini hal qilish uchun Kengashga murojaat qilgan soliq toʻlovchi, soliq agenti va (yoki) soliq toʻlovchining vakilini qoniqtirmagan yoki qisman qoniqtirmagan soliq nizolarini koʻrib chiqish uchun qabul qiladi;

 

b) Kengashning kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosalari tavsiya tusiga ega.

 

Bundan tashqari, mazkur organning funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil qilish tartibi belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.10.2018 yildan kuchga kirdi.  

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_