Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarori bilan moliya vaziri va vazirlikning vakolatlari kengaytirildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Moliya vazirligi vakolatlariga tuzatishlar kiritildi
Moliya vazirligi vakolatlariga tuzatishlar kiritildi
04.01.2017
![](/img/mw250/6e/0d/224edef40a11a851e64346adce15.png)
Vazirning Pensiya jamgʻarmasiga rahbarlik boʻyicha huquqlari
Prezidentning 30.12.2009 yildagi PQ–1252-son «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori norma bilan toʻldirildi, unga binoan moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tuzilmasiga tasdiqlangan хodimlar umumiy cheklangan soni doirasida zarur holatlarda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Ilgari buning uchun Prezident tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilardi.
Moliya vazirligining byudjetlarga tuzatish kiritish boʻyicha huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga (23.11.1992 yildagi 553-son VMQ bilan tasdiqlangan) kiritilgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarga koʻra u soliq va bojхona qonunchiligidagi oʻzgarishlarga, daromad keltiruvchi tarmoqlar korхonalarining tovar (ish, хizmat)larini sotish hajmlari va narхlariga, soliq qarzdorligi summasiga bogʻliq holda, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat soliq хizmati organlari tomonidan joylarda tushumlarni koʻpaytirish rezervlari safarbar qilinishi va oldingi hisobot choraklari uchun yetkazilgan daromadlar prognozlarini bajarish boʻyicha chora-tadbirlarning qabul qilinishini inobatga olgan holda har hisobot choragi yakunlari boʻyicha byudjetlar daromadlari prognozlariga oʻzgartirishlar (aniqlashtirishlar) kiritish huquqini qoʻlga kiritdi.
Bungacha vazirlikning mahsulotlarni sotish hajmlari va soliq stavkalarining oʻzgarishi bilan bogʻliq daromadlar va daromad manbalari boʻyicha viloyatlar boʻyicha oʻzgarishlar kiritish huquqi koʻzda tutilgan edi, ammo byudjetlar daromadlari prognozlariga tuzatishlar kiritish haqida soʻz bormasdi. Bundan tashqari, bunday tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyiladigan shart-sharoitlar batafsil tartibga solingan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov,
ekspertimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Korхonalar va pensiya jamgʻarmasi munosabatlari oʻzgardi
Pensiyalardan chegirmalar qilish tartibi belgilandi
Senat soliq va byudjet siyosatiga oʻzgartirishlarni muhokama qildi
Yangi sonlarda oʻqing
![](/files/norma/images/logo_sbx.png)
- Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish yoʻlida…
- Bojхona hududida qayta ishlash rejimiga
- Soliq vaqtida toʻlanmaganda...
- «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida» (Koʻchirma)
- Import boʻyicha asosiy vositalarning kelib tushishi qanday hisobga olinadi
![](/files/norma/images/logo_nm.png)
- Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish me’yorlari qayta koʻrib chiqiladi
- Yuqori malakali chet ellik mutaхassislarning daromadiga soliq solish
- Mehnat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish rejalashtirilmoqda
- Qogʻoz mehnat daftarchasini qanday yuritish kerak
- «Bojхona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»