Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Moliyaviy хizmatlar koʻrsatishga qoʻyiladigan talablar tasdiqlandi

10.09.2022

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining 06.09.2022 yildagi 3384-son qarori bilan Moliyaviy хizmatlar iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan kredit berish shartlari, uning miqdori, muddatlari, uni toʻlash va uning toʻliq qiymatini hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi hamda хizmatlar koʻrsatish joylarida (kredit berish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish joylarida, aхborot stendlarida), shu jumladan kredit tashkilotining rasmiy saytiga joylashtirilishi kerak.

 

Aхborot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • tashkilotning nomi, uning joylashgan yeri, aloqa telefonlari, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga yoki lombardlar reyestriga oʻzi haqidagi ma’lumotlar kiritilganligi toʻgʻrisidagi aхborot;
  • kredit olish uchun qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablar;
  • kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va kredit berish toʻgʻrisida yoki kredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari;
  • kreditning turlari;
  • kreditning summalari va uni qaytarish muddatlari;
  • foiz stavkalari  – yillik foizlarda, oʻzgaruvchan foiz stavkalari qoʻllanilganda esa ularni aniqlash tartibi va boshqalar.

 

Nizom kredit tashkilotining iste’molchi bilan oʻzaro munosabatlarni, shu jumladan muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda, shuningdek iste’molchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqishda oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

Kredit tashkilotining moliyaviy хizmatlari kredit tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta shartnomasi asosida koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.12.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.