Prezidentning 27.06.2017 yildagi PQ-3098-son “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 oktyabrdagi 340-sonli qarori bilan raqamli eshittirishga oʻtish uchun MTRKni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitob tasdiqlangan. U zarur uskuna va dasturiy ta’minotga (markaziy apparatni, yangiliklar va virtual studiyalarni kompleks arхivlash) teхnik talablarni nazarda tutadi.
Hujjat umumiy miqdori 4 mln 500 ming yevro boʻlgan qoʻshimcha uskunalar: press-markaz uchun studiya va gibrid koʻchma televizion stansiyasini koʻzda tutadi.
Yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish “BFE Studio und Medien Systeme Gmbh” nemis kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Butun ishlar kompleksi 1.01.2018 yilgacha topshirilishi kerak.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.