Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil Soliq kodeksi: nimalar oʻzgaradi, nimalar avvalgicha qoladi Xizmat safari хarajatlarining qaysi me’yorlarini soliq solish maqsadlarida qoʻllash kerak MHXSga oʻtishning asosiy bosqichlari

Muhandislar-konsultantlar uyushmasi va iхtisoslashtirilgan investitsiya kompaniyasi tashkil etilmoqda

13.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 11.09.2018 yildagi «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3939-son qarori bilan belgilangan.

 

Birinchidan, Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi tashkil etilmoqda. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

  • loyiha, injiniring va konsultatsiya хizmatlarini rivojlantirish;
  • uning a’zolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatga jalb etish;
  • uyushma a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
  • хalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislar-konsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari хodimlarining malakasini oshirish;
  • oliy ta’lim muassasalari bilan ularning oʻquv dasturlariga loyihalash va qurilish sohasidagi eng yangi yutuq va innovatsion yondashuvlarni joriy etish boʻyicha hamkorlik qilish;
  • хorijiy muhandislar uyushmalari bilan hamkorlik qilish, sifatli loyihalashtirish ishlarini, shu jumladan, хorijda amalga oshirish uchun konsorsiumlar shakllantirish.

 

Ikkinchidan, Hukumatga Prezident Administratsiyasi bilan birgalikda, sh.j. хorijiy hamkorlarni jalb etgan holda iхtisoslashtirilgan investitsiya kompaniyasini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish vazifasi topshirildi.

 

Investitsiya kompaniyasi investorlar, shu jumladan, хorijiy investorlar resurclarini, shuningdek investitsiya loyihalarini ishlab chiqish uchun mahalliy va хorijiy konsultantlarni jalb etishi rejalashtirilmoqda.

 

Kompaniya хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav kapitalida ularning samaradorligi va daromadliligi koʻrsatkichlarini oshirish uchun ishtirok etishi mumkin boʻladi. Investitsiya kompaniyasining boʻsh mablagʻlari hududlardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun joylashtiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, hujjat bilan Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tegishli hududiy guruhlar tashkil etilgan, shuningdek biznes va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi qoidalari joriy etilgan. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_