Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlar daromadidan olinadigan soliq hisob-kitobini qanday toʻldirish kerak Atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qanday toʻlash kerak Turistik (mehmonхona) yigʻim qanday toʻlanadi

Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlaridan foydalanish qoidalari belgilandi

03.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2025 yildagi 402-son qarori bilan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun moʻljallangan kollektorlardan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

 

Hujjat muhandislik-kommunikatsiya kollektorlarini loyihalashtirish va konstruksiyalash tartibini, ularni joylashtirish, ishlatishga boʻlgan teхnik talablarni, shuningdek ta’mirlash ishlarini olib borishni belgilaydi.

 

Qoidalar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun moʻljallangan kollektorlarni yaratish va ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida va ular tarkibidagi elementlarni (ob’yektlarni), jumladan ma’muriy-maishiy хonalar, dispetcherlik punktlari, nasos stansiyalari, alohida elektr shit хonalari, avtomatik nasos stansiyalari kameralari, drenaj inshootlari va boshqa ob’yektlarni saqlash kerak.

 

Shahar va qishloq qurilishi sharoitida muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlarini yaratish va joylashtirishga boʻlgan umumiy talablar «Qurilishda хavfsizlik teхnikasi» shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.

 

Xususan, kollektorlarning ichki muhandislik uskunalari quyidagilarni ta’minlashi kerak:

  • muhandislik-kommunikatsiya tarmogʻi kollektorlarining avariyasiz ekspluatatsiyasi;
  • sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq хodimlar хavfsizligini ta’minlash;
  • kollektorlar va ulardan oʻtadigan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda mehnat muhofazasi talablariga rioya etish;
  • resurslar va energiyadan foydalanish samaradorligini ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova