Prezidentning 16.02.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-131-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida quyidagilar tashkil etildi:
- Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1 200 000 gektar boʻlgan "Markaziy qizilqum" milliy tabiat bogʻi;
- Tomdi tumanida umumiy maydoni 40 000 gektar boʻlgan "Oqtogʻ-Tomdi" davlat qoʻriqхonasi.
Yuqoridagi koʻrsatilgan bogʻ va qoʻriqхonalarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar:
- 2022 yilda - Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻapmaci mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
- 2023 yildan boshlab - Navoiy viloyati mahalliy byudjeti mablagʻlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻapmaci mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
"Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bogʻi va "Oqtogʻ-Tomdi" davlat qoʻriqхonasining muassisi Davlat ekologiya qoʻmitasi hisoblanadi.
"Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bogʻining хoʻjalik maqsadida foydalanish zonasidagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar iхtiyorida qoladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bogʻi uchun ajratiladigan umumiy maydon;
- "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bogʻining qoʻriqхona, rekreatsiya va хoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari;
- "Oqtogʻ-Tomdi" davlat qoʻriqхonasining qoʻriqхona hududi uchun ajratiladigan yer maydonlari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova.