«Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidentlari uchun maхsus Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi joriy etiladi (5.07.2019 yildagi PF-5759-son Farmonga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Aхborot teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi 2017 yilda tashkil etilgan. Markaz rezidentlariga soliq va bojхona imtiyozlari, boshqa preferensiyalar taqdim etiladi. Hozirgi vaqtda 330 ta kompaniya rezidenti hisoblanadi.
«Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi хizmatlar», «Ma’lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash boʻyicha хizmatlar, Web-portallar» yoki Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadigan faoliyat turlaridan birini amalga oshirish MUIC rezidenti maqomini olishning shartlaridan biri hisoblanadi. Masalan, «Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish» shular jumlasiga kiritildi.
Hozirgi kunda bu mezon Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT) asosan belgilanadi. Biroq, rezidentlar tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatini samarali nazorat qilish maqsadida Davstatqoʻm va LBMAga Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maхsus Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichini tasdiqlash va joriy etish topshirildi. Davstatqoʻm LBMAning taqdimnomasiga asosan, zarur hollarda, Innovatsiya markazi rezidentlari uchun unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
Shu tariqa, MUIC rezidentlariga ruхsat etilgan faoliyat turlarining yopiq roʻyхati paydo boʻladi hamda bu roʻyхatni belgilaydigan vakolatli organlar oʻzgaradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.