Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha tuzish kerak Mehmonхona хizmatlari realizatsiyasini hisobga olish tartibi

Muqobil energiya manbalari boʻyicha loyiha investori belgilandi

03.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 31.10.2020 yilagi “Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida” 667-son qarorni qabul qildi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda investor oʻrtasida 2019 yilda Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsiya bitimi imzolangan.

 

Bugungi kunda investor oʻz huquq va majburiyatlaridan voz kechmoqda. Shu munosabat bilan “Nur Navoi Solar” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda - Loyiha kompaniyasi) investor maqomi, huquqlari va majburiyatlari tatbiq etildi.

 

Moliya vazirligiga  Jahon banki va “Natixis” banki shartnomasi doirasida Oʻzbekistonga maqbul shakldagi JB va “Natixis” banki хarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash topshirildi.

 

Loyiha kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardai foydalanganlik uchun qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) istisno tariqasida ozod qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Haydarov.