Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori (AV tomonidan 1.04.2016 yilda 1898-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Mazkur Nizomga Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga (22.12.2015 yildagi PQ–2455-son) muvofiq tuzatishlar kiritildi.
Aniqlashtirilishicha, maktabdagi oʻquvchilar safiga qayta tiklanganda, bola oʻqishni tegishli toʻlovni amalga oshirgan holda keyingi oʻquv yilida (oʻtgan oʻquv yilining tugatilmagan choragining birinchi oyidan) davom ettirishi mumkin.
Oʻqish uchun toʻlovlardan ozod etish va oʻqituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash boʻyicha Komissiyaning asosiy vazifalariga oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlovdan ozod etiladigan bolalarning roʻyхatini shakllantirish va tasdiqlash ham kiritildi.
Kam ta’minlangan oilalardan tashqari, endi musiqa va san’at yoʻnalishlari boʻyicha хalqaro (1-3-oʻrinlar) va respublika (1-oʻrin) tanlovlarida gʻolib boʻlgan bolalar 1 kalendar yil mobaynida oʻqish uchun toʻlovdan ozod etiladi. Xuddi ilgarigidek, oʻquvchilar umumiy sonining 25%i doirasida toʻlovdan ozod etiladi. Tanlovlarda gʻolib chiqqan bolalar oʻqish uchun toʻlovdan ozod qilinishini rasmiylashtirish uchun ularning gʻolib boʻlganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar, kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan bolalar uchun esa ota-onalarning arizasi va oilaning kam ta’minlanganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma taqdim etilishi lozim.
Agarda bir oilaning 2 va undan ortiq farzandi bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻqisa, ulardan har birining oʻqishi uchun belgilangan toʻlovning 70%i miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Toʻlovdan ozod etiladigan bolalarning roʻyхati Komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi hamda mazkur qaror asosida bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining buyrugʻi chiqariladi.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 4.04.2016 yildagi 13-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.