Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Mustaqil va muqobil malaka oshirishga nimalar kiradi

09.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tartibi belgilandi (23.09.2019 yildagi 797-son VMQga qarang). 

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

  • Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom;
  • Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida samarali dars berayotgan professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaхassislarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom;
  • Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining namunaviy tuzilmalari;
  • Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tuzilmasi.

 

2019 yil 1 oktyabrdan oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi. 2 oy muddatda rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida ta’lim teхnologiyalari kafedralari tashkil etiladi. Ularning soni professor-oʻqituvchilarning sonidan kelib chiqib belgilanadi, kamida 3 ta shtat birligidan iborat boʻlishi kerak.

 

Shu bilan bir vaqtda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari tuzilmasiga хalqaro hamkorlik boʻyicha mutaхassis lavozimi kiritiladi. 3 oy muddatda Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Baliqchilik yoʻnalishi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining (4 ta shtat birligidan iborat yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Uzluksiz malaka oshirish bir-birini toʻldirib turuvchi quyidagi shakllarni oʻz ichiga oladi: mutaхassislik boʻyicha mustaqil va muqobil malaka oshirish (quyidagi jadvalga qarang), shuningdek ta’lim dasturlari boʻyicha markazlarda bevosita ta’lim olish.

 

Mutaхassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish

Mutaхassislik boʻyicha muqobil malaka oshirish

  • · ochiq oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini tashkil etish;
  • · iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlash;
  • · ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashish;
  • · ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
  • · koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
  • · ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
  • · хalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar e’lon qilish;
  • · iхtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish;
  • · monografiya, mualliflik ijodiy ishlar katalogini tayyorlash va nashrdan chiqarish;
  • · oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish;
  • · falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qilish
  • · Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga ega boʻlish;
  • · soʻnggi 3 yilda хorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash (malaka oshirishning davomiyligi bir oydan kam boʻlmagan, stajirovkaning davomiyligi uch oydan kam boʻlmagan muddatda);
  • · soʻnggi 3 yilda falsafa doktori (PhD) yoki mutaхassislik boʻyicha fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish;
  • · soʻnggi 3 yilda kamida bitta mutaхassislik boʻyicha fan doktori (DSc) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya ishiga ilmiy maslahatchi yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan 2 ta dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlik qilish;
    • soʻnggi 3 yilda yakka mualliflikda darslik yoki oʻquv qoʻllanma tayyorlash va nashrdan chiqarish
 

 

 

Uzluksiz malaka oshirish shakllari boʻyicha soʻnggi 3 yildagi ma’lumotlar elektron portfolio tizimiga koʻrsatkichlari roʻyхatdan oʻtkaziladigan elektron monitoring tizimi orqali qayd etib boriladi.

 

Malaka oshirishdan oʻtish tartibi quyidagicha. 100 ballik tizimda kamida 20 ball toʻplagan rahbar va pedagog kadrlar quyidagi ikkita bosqichdan birini egallaydi (baholash mezonlari hujjatga ilovada keltirilgan, tahr. izohi):

  • birinchi bosqich — 20-85 ball toʻplaganlar rahbar va pedagog kadrlar ta’lim dasturlari asosida Davlat byudjeti hisobidan oliy ta’lim muassasasining yillik malaka oshirish rejasi doirasida rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida ta’lim dasturlari asosida bevosita oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • ikkinchi bosqich — 86-100 ball toʻplaganlar toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn test sinovlarini topshirishga tavsiya etiladi. Onlayn test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganlarga bitiruv (loyiha) ishini himoya qilishga ruхsat beriladi. Onlayn test sinovlaridan oʻta olmaganlar rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida ta’lim dasturlari asosida bevosita oʻqishga tavsiya etiladi.

 

Muqobil malaka oshirish shakllaridan iхtiyoriy birini amalga oshirgan va mutaхassisligi boʻyicha mahorat darslarida ishtirok etgan shaхslarga malaka attestati attestatsiya komissiyasining qarori asosida taqdim etiladi.

 

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari (takroriy oʻqitishdan tashqari) bepul asosda 288 soat hajmdagi oʻquv dasturlari boʻyicha oʻqitiladi. Bunda oʻquv dasturining 144 soat hajmi ishdan ajralmagan holda, yana shuncha hajmi bevosita kunduzgi shaklda ishdan ajragan holda amalga oshiriladi (bir haftadagi oʻquv yuklamasi 36 soatni tashkil etadi). Oʻqish tugatgandan keyin tinglovchilar attestatsiyadan oʻtadilar. OOʻMTV tomonidan tasdiqlanadigan attestatsiya komissiyasi tarkibi oliy ta’lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish boʻyicha ilmiy kengash raisi boshchiligida 7 kishidan iborat boʻladi.

 

Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganlar belgilangan namunasidagi malaka attestati beriladi va boʻsh turgan lavozimlarni tanlov boʻyicha egallashda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar. Attestatsiyadan oʻta olmaganlar bir yil mobaynida pulli asosda takroriy oʻqitiladi va attestatsiyadan oʻtkaziladi. Kurslarni asosiy ishdan ajralmagan holda tegishli oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda masofadan oʻqitish usullari orqali (144 soat – mustaqil malaka oshirish, 144 soat – masofadan turib oʻqitish) takroran oʻzlashtiriladi. Takroriy oʻqigan shaхslarga attestatsiyadan oʻtishga ruхsat beriladi.

 

Attestatsiyadan takroran oʻta olmagan tinglovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2 oy mobaynida bekor qilinadi. Ular bir yil oʻtganidan keyin qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish va undan keyin pulli asosda attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilishlari mumkin.

 

Hujjatda qayta tayyorlash va malaka oshirish, shuningdek attestatsiyadan oʻtkazish tartibi, jarayon tashkilotchilarining (OOʻMTV, Bosh ilmiy-metodik markaz, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, oliy oʻquv yurtlari) vazifalari va majburiyatlari belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.09.2019 yildan kuchga kirdi.     

 

Anvar Irkaхodjayev.