Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyi uchun bosh buхgalter rejasi Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali qanday shakllantiriladi

Mustaqillik kuniga 6 ta tanlov oʻtkaziladi

28.06.2017


Prezidentning 27.06.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi. Komissiya 11 yoʻnalish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini ta’minlaydi.

 

Tadbirlar “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob хalqimiz bilan birga quramiz”, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak”, “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” tamoyillari asosida oʻtkaziladi.

 

Mustaqillik kuniga 6 ta tanlov: eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!”, Prezidentning yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti, shuningdek ijodiy hamjamiyat oʻrtasida “Eng ulugʻ, eng aziz”, “Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Ranglar jilosida – ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi.

 

Belgilanishicha,  oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda - mahalliy byudjetlar hamda homiylik хayriyalari hisobidan;
  • Toshkent shahrida - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 
 

 Samir Latipov.