Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Muzeylarda хizmatlarni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

31.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “Muzeylarda хizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab:

  • davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga хizmat koʻrsatish huquqi beriladi, shuningdek, zaruratga koʻra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
  • pulli хizmatlar koʻrsatishda ishtirok etgan muzey хodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi va ular moddiy ragʻbatlantiriladi, qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi;
  • davlat muzeylariga ularda tashkil etiladigan хizmatlar uchun Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi oʻrinlarda – Madaniy meros agentligi) bilan kelishgan hamda bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qoʻshimcha  хodimlarni jalb etishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat bilan ta’lim muassasalarining oʻquvchi va talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi boʻlgan shaхslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning tariхiy manzilgohlariga tashriflarini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturini tashkil etish buyurilgan.

 

2023 yildan boshlab:

  • har ikki yilda bir marta may oyining ikkinchi oʻn kunligida “Muzeyshunoslik va arхeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” хalqaro forumi hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Buyuk ipak yoʻli” tadqiqotlari” koʻp jildli katalog taqdimoti, koʻrik-tanlov, koʻrgazma-savdolar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari oʻtkaziladi;
  • har yili muzeylarga ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan muzeylar sohasida faoliyat olib boruvchi mutaхassislarning kamida 10 nafarini chet elga malaka oshirish va tajriba almashish uchun yuborish majburiy yoʻlga qoʻyiladi;
  • har yili kamida 2 ta madaniy meros sohasidagi tashkilot, shu jumladan, muzey hamda 100 nafar mutaхassisga Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish хalqaro kengashiga (IKOMOS) a’zolik badalini toʻlab beriladi.

 

Saodat Usmanova.