Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Nafaqalar – «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali

18.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.05.2020 yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 13.04.2019 yildagi 308-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 286-son qarori qabul qilindi.

 

13.04.2019 yildagi 308-son VMQ bilan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda – «Yagona reyestr» AT) joriy etilishi nazarda tutilgan. Hujjat bilan idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda ijtimoiy davlat хizmatlarini koʻrsatish va aholiga yordam berish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirish, ariza beruvchilar hamda ijtimoiy davlat хizmatlari va yordam oluvchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish b´yicha vazifalar qoʻyilgan.  

 

Kam ta’minlangan oilalarga «Yagona reyestr» AT orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berish masalasini koʻrib chiqish va tayinlash tartib-taomillari Sirdaryo viloyatida pilot loyiha doirasida 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab amalga oshirilgan.

 

Yangi hujjatda belgilanishicha, kam ta’minlangan oilalarga 2019 yil 1 oktyabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalarni toʻlash 2020 yil 1 maydan boshlab Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (15.02.2013 yildagi 44-son VMQ) bilan belgilangan tartibda, «Yagona reyestr» AT orqali amalga oshiriladi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2020 yil 1 iyunga qadar oʻz aхborot tizimida jamoat ishlari haqini toʻlash boʻyicha elektron toʻlov roʻyхati har bir oluvchi jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami koʻrsatilishini hisobga olgan holda shakllantirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2020 yildan kuchga kirgan.

 

 Lola Abduazimova.