Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Namangan viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi

04.07.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 2.07.2018 yildagi  «Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3826-son qarori e’lon qilindi.

 

Tashkiliy masalalar

 

Mintaqada 6 ta yangi kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilmoqda:

 

T/r

KSZ nomi

KSZ tashkil etiladigan ob’yektlar nomi

1.

Namangan shahar KSZ

 «Orzu», «Paхtalikkoʻl», «Yuksalish», «Xonobod» sanoat zonalari

2.

Chust tuman KSZ

 «Chust paхta tozalash» AJ bino va inshootlari

3.

Namangan tuman KSZ

 «Yangi hayot» sanoat zonasi

4.

Pop tuman KSZ

Sobiq «Oʻzruberoid» MChJ bino va inshootlari

5.

Norin tuman KSZ

 «Norin tola» AJ foydalanilmayotgan yer uchastkalari

6.

Toʻraqoʻrgʻon tuman KSZ

Sobiq «Dehqonmashta’minoti», «PMK-148» AJlar foydalanilmayotgan yer uchastkalari

 

Mazkur ob’yektlar хoʻjalik hisobidagi jamiyatlar balansida boʻlganligini hisobga olgan holda, ular byudjet oldidagi soliq qarzlarini kamaytirish hisobiga viloyat hokimligiga oʻtkaziladi. Agar qarzdorlik mavjud boʻlmasa, ushbu jamiyatlarda davlat ulushini kamaytirish hisobiga oʻtkaziladi.   

 

2 oylik muddatda ob’yektlarni muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini ta’minlash masalalari hal etiladi.

 

KSZ ishtirokchisi boʻlgan korхonalar uchun qanday naf boʻladi

 

Bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan:

 

  • KSZ hududidagi davlat mulki ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan eng kam stavka boʻyicha 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi. Agar biznes rejalar bajarilsa, ish oʻrinlari tashkil etilib saqlanib qolinsa, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlansa, mol-mulk ijaraga oluvchiga oʻtadi;

 

  • KSZ ishtirokchilariga 1.02.2020 yilga qadar yagona soliq toʻlovini belgilangan miqdordan – egallagan maydonidan kelib chiqib yer soligʻining 3 baravaridan kam boʻlmagan summada toʻlash toʻgʻrisidagi talab tatbiq etilmaydi.

 

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilarini tanlab olishdan oldin Namangan viloyati EIZ va KSZ Ma’muriy kengashi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, SSP va tijorat banklari bilan birgalikda KSZda ishlab chiqariladigan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar turlarini belgilashi lozim. Soʻngra roʻyхat investitsion buyurtmalar berishlari uchun tadbirkorlar e’tiboriga havola etiladi. Qanday qilib KSZ a’zosi boʻlish mumkinligi haqida bu yerda ma’lumot berilgan.

 

Samir Latipov.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_