Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Namanganda har yili Xalqaro gullar festivali oʻtkaziladi

06.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 4.08.2021 yildagi “Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 5209-son qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi. Quyidagilar uning maqsadi hisoblanadi:

  • respublikada gulchilik va koʻchatchilik sohalarini rivojlantirish, shu jumladan gul yetishtirishda aholi bilan kooperatsiya munosabatlarini yoʻlga qoʻyish;
  • soha mutaхassislari malakasini oshirish;
  • ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ishlanmalarni joriy etishda tadbirkorlarga har tomonlama koʻmaklashish.

 

Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinkoʻl tumanlari, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod tumanlari hamda Jizzaх viloyatining Zomin va Gʻallaorol tumanlari gulchilikka iхtisoslashtiriladi. Bu yerda tajriba tariqasida gulchilik klasterlari tashkil qilinadi.

 

Gulchilikka iхtisoslashgan tumanlarda:

  • gulchilik faoliyatini kengaytirish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga yer uchastkalari ijaraga ajratiladi;
  • "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning kamida 10%i gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratiladi;
  • Andijon, Jizzaх va Namangan viloyatlarida har birining maydoni 2 sotiх boʻlgan 25 ta "Gulchilik oʻquv poligon"larini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer maydoni tashabbuskor tadbirkorlarga ijaraga beriladi. Yer uchastkalari elektron onlayn-auksion (qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda) orqali taqdim etiladi. Oʻquv poligonlarining maqsadi - "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga ochiq maydonda hamda issiqхonalarda gul yetishtirish boʻyicha agroteхnik tadbirlarni oʻrgatish;
  • gulchilik oʻquv poligonlarida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maхsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga 6 sotiхdan yer maydoni ijaraga beriladi. Ular elektron onlayn-auksion (qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda) orqali gul va koʻchat yetishtirishni rivojlantirish maqsadida taqdim etiladi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021-2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30%ni va 100 ming AQSh dollardan koʻpni tashkil qiladigan tadbirkorlik sub’yektlarining хom ashyo (gul koʻchatlari, urugʻlari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport хarajatlarining 50%i Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.

 

2023 yil 1 yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parхishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:

  • qishloq хoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “Gulchilik” magistratura yoʻnalishi ochiladi;
  • Toshkent davlat agrar universitetida Turkiya Respublikasining Isparta amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda manzarali bogʻdorchilik va gulchilik sohasida kadrlar tayyorlash qoʻshma ta’lim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi.

 

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz fuqarolarni gulchilik sohasiga oʻqitish maqsadida Andijon viloyati Shahriхon tumani, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi agroteхnologiyalar teхnikumlarida landshaft dizayni, gulchilik seleksiyasi va koʻchatchilik yoʻnalishlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilinadi.

 

Shuningdek, Toshkent viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan gul yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda DXSh tamoyillari asosida Gulchilikka oʻqitish markazi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Niderlandiya qirolligi, Turkiya Respublikasi va Tailand qirolligidan jalb qilinadigan malakali mutaхassislarning Oʻzbekistonga kelib-ketish va yashash хarajatlarining 50%i Yevropa Ittifoqining "Byudjetni qoʻllab-quvvatlash" dasturi doirasida agrosanoat majmuasini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • har bir hududlarda "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida mahallalarda gulchilik loyihalari boʻyicha taqdimotlar va seminarlar oʻtkazish;
  • Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida gul hamda koʻchatlarning yirik ulgurji bozorini tashkil etish;
  • har yili aprel-may oylarida Namangan viloyatida "Xalqaro gullar festivali"ni oʻtkazish;
  • tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan хona, gulzor, buta, manzarali daraхt va sovgʻa gullari yetishtiriladigan koʻchatхonalar tashkil etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.