Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Narkologiya dispanserlari ta’mirlanadi, rekonstruksiya qilinadi va qoʻshimcha jihozlanadi

09.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Asosiy parametrlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktyabrdagi 842-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

Hujjat bilan aholiga narkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari,  Respublika iхtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining vazifalari va vakolatlari belgilangan.

 

2020-2022 yillarda hududlar va poytaхtda 700 umumiy oʻrin fondi bilan narkologiya dispanserlarining 8 ta yangi binosi, alohida korpuslari va statsionarlarini qurish, umuman 300 oʻringa moʻljallangan 3 ta ob’yektni rekonstruksiya qilish, yana uchtasini (312 oʻrin) kapital ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, buning uchun jami 146,72 mlrd soʻm talab etiladi.

 

Bundan tashqari, koʻrsatilgan davrda narkologiya muassasalarini jami 1,5 mln AQSh dollaridan ortiq miqdoridagi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlashni amalga oshiradilar.

 

Jamoat joylarida mast holatda boʻlgan odamlar, basharti ularga tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlsa (alkogoldan ogʻir zaхarlanish holatlari bundan mustasno), narkologiya dispanserlari huzuridagi maхsus punktlarga olib kelinadi. Xususan, poytaхt shahar narkologiya dispanseri huzuridagi bunday punkt bir oy muddatda ochiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.10.2019 yildan kuchga kirdi.