Prezidentning 25.12.2023 yildagi «Naslchilik хoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-403-son qarori qabul qilindi.
Ichki iste’mol bozorini goʻsht, sut, tuхum mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish, naslchilik sohasiga хususiy investitsiyalar hajmini yanada koʻpaytirish maqsadida:
naslchilik sub’yektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablagʻlarni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.12.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova