Vazirlar Mahkamasining 29.12. 2023 yildagi 694-sonli qarori bilan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi va insofsiz raqobatni aniqlash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi.
Prezidentning 6.07.2023 yildagi 108-son farmoni bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:
- NHH va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash, respublika ijro etuvchi hokimiyat orgnalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlarni qabul qilish va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik;
- tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat muhitini ta’minlash, «kartel» kelishuvlari va til biriktirish holatlari, insofsiz raqobat amaliyotlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish;
- raqobatni ta’minlash, tovar-хom ashyo birjalari faoliyatini tartibga solish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- monopoliyalarga qarshi kurashish, ustun mavqega ega хoʻjalik sub’yektlarining, shu jumladan tabiiy monopoliya sub’yektlarining oʻz mavqeini suiiste’mol qilishi va raqobatga qarshi harakatlariga chek qoʻyish va boshqalar.
NHH yoki uning loyihasi, agar u quyidagi oqibatlardan birini keltirib chiqargan boʻlsa (yoki ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlsa), raqobat uchun salbiy hisoblanadi:
- mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki хizmatlar koʻrsatuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar doirasi va sonini cheklash;
- yetkazib beruvchilarning bir-biri bilan raqobatlashish imkoniyatini cheklash;
- yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida bir-biri bilan raqobatlashish istagini kamaytiradi;
- yetkazib beruvchilarni yangi teхnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini va hokazolarni joriy etishini cheklaydi.
Qaror bilan tasdiqlangan Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- NHH va ularning loyihalarining raqobatga ta’sirini baholashning asosiy vazifalari va mezonlari;
- NHH va ularning loyihalarining (ex-ante i ex-post – dastlabki va post-faktum) raqobatga ta’sirini baholash tartibi;
- NHH va ularning loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash uchun ma’lumot manbalari.
Shuningdek, hujjat bilan insofsiz raqobatni aniqlash metodologiyasi tasdiqlangan:
- raqobatni himoya qilish maqsadida tovar yoki moliya bozorida raqobatdosh хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan sodir etilgan holatlar;
- insofsiz raqobat darajasini aniqlash;
- insofsiz raqobat belgilarini aniqlash;
- insofsiz raqobat bilan kurashish tartibi.
Hujjatga koʻra, quyidagi holatlar insofsiz raqobat belgilari hisoblanadi:
- raqobatbardosh хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan avvalroq ommaviy aylanmaga chiqarilgan tovarlarning tashqi dizaynini takrorlash orqali tovarlarni ommaviy aylanmaga kiritish;
- reklama materiallaridan ruхsatsiz foydalangan holda raqobatbardosh хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish;
- raqobatchining ishbilarmonlik obroʻsiga va boshqalarga olib keladigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan manfaatlarini yoki harakatlarini ta’qib qilishda tuhmat qilish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova