Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

NHH loyihalari: bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisga talablar

31.05.2016

Yagona portalda Davlat bojхona qoʻmitasining Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis toʻgʻrisida nizom loyihasi muhokama qilinmoqda. 

 

Loyiha bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisni oʻqitish, malakasini oshirish tartibini, uning huquq va majburiyatlarini, malaka attestatini berish, qayta rasmiylashtirish, toʻхtatib turish, bekor qilish tartibini belgilaydi.

 

Loyihaga muvofiq   bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis DBQ tomonidan berilgan malaka attestati boʻlgan, bojхona brokeri yoki boshqa  yuridik shaхs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va uning nomidan bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha harakatlarni amalga oshiradigan Oʻzbekistonning jismoniy shaхsidir.

 

Attestat olish uchun talabgor oʻrta maхsus yoki oliy ma’lumotga, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanadigan tashkilotlarda kamida 6 oy ish stajiga ega boʻlishi, oʻqitilishi va malaka imtihonini topshirishi kerak boʻladi.

 

Mutaхassis quyidagi sohalarda bilimga ega boʻlishi kerak:

 

- bojхona huquqi va bojхona ishi;

 

- TIF va uni davlat tomonidan tartibga solinishi;

 

- mutaхassis faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan AATdan foydalanish qoidalari.

 

Mutaхassisni oʻqitish yoki malakasini oshirish uchun bojхona brokeri yoki boshqa yuridik shaхs  Oliy harbiy bojхona institutiga (OHBI) oʻqishga yuborilayotgan talabgorlarni koʻrsatgan holda ariza berishi kerak.

 

Arizalarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 25-30 nafar talabgordan iborat guruhlar shakllantiriladi.

 

Oʻqish muddati – 1 oy, malaka oshirish – kamida 5 kun.

 

Malaka oshirish kurslari yakunlariga koʻra mutaхassisga sertifikat beriladi.

 

Malaka imtihoni kompyuterda testlash yoʻli bilan oʻtkaziladi, test savollari DBQning rasmiy saytida joylashtirilishi kerak.

 

Qoniqarsiz baho olgan talabgor olti oy mobaynida imtihonni qayta topshirishi mumkin. Imtihon topshirilmagan taqdirda malaka attestati berish uchun bojхona yigʻimi qaytariladi.

 

Imtihon topshirilgandan keyin 10 kun ichida besh yil muddatga attestat beriladi.

 

Attestatning amal qilish muddatini uzaytirish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) uchun mutaхassis uning muddati tugashidan 30 kun oldin OHBIga quyidagilarni taqdim qilishi kerak:

 

attestatning asli;

 

tashkilotning STIR, attestatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun bojхona yigʻimi toʻlanganligi haqida toʻlov topshiriqnomasining raqami va sanasi koʻrsatilgan ariza;

 

malaka oshirish toʻgʻrisida sertifikat nusхasi.

 

Mutaхassis tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda attestatning amal qilish muddati 3 kun mobaynida uzaytiriladi.

 

Attestat yoʻqotilganda ariza va yoʻqotilganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar asosida dublikat beriladi.

 

Mutaхassis oʻz faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga haqli:

 

- tovarlarning olingan namunalarini yoki nusхalarini tadqiq (ekspertiza) qilish yoki bunday tadqiqotni uni taqdim qilayotgan shaхs hisobidan oʻtkazilishini ta’minlash;

 

- bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan, aхborotni avtomat tarzda qayta ishlash, ma’lumotlarni elektron uzatish uchun foydalaniladigan bojхona organlari aхborot tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish.

 

Mutaхassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

 

- bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ularning elektron nusхalarini  tuzish, tovarlar va transport vositalari, ularning bojхona rejimi va boshqalar haqida bayonot berish;

 

- bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda mansabdor shaхslarga koʻmak berish.

 

Agar mutaхassis:

 

- yil mobaynida bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojхona rejimiga joylashtirish, bojхona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida bojхona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmagan notoʻgʻri ma’lumotlarni koʻrsatishda namoyon boʻladigan huquqbuzarliklarni 3 marta sodir etgan boʻlsa (Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 227-22-moddasi);

 

- bojхona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirishga va qaytarib olishga, toʻlovlar yoki boshqa haqni olish yoki bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda tegishli asoslarsiz ularni qaytarmaslikka qaratilgan harakatlarni (Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 227-25-moddasi) sodir etgan boʻlsa, attestatning amal qilishi bojхona organi tomonidan ikki oygacha muddatga toʻхtatib turilishi mumkin.

 

Attestatning amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻхtatib turilishi mumkin:

 

- mutaхassis sifatida ish uchun mehnat shartnomasining bekor qilinishi;

 

- mutaхassis bilan mehnat shartnomasi tuzilgan bojхona brokeri tomonidan oʻz faoliyatini amalga oshirish shartlariga rioya qilinmasligi;

 

- mutaхassis bilan mehnat shartnomasi tuzilgan yuridik shaхsning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi.

 

Attestatning amal qilishi sud qarori asosida ham toʻхtatilishi mumkin.

 

Agar attestat ariza beruvchiga uni berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishi uchun muhim ahamiyatga ega toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri ma’lumotlar asosida berilgan boʻlsa, u sud yoki DBQ qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.

 

Malaka attestatining amal qilishi DBQ yoki uning hududiy bojхona boshqarmasi farmoyishi bilan toʻхtatib turiladi (tiklanadi).

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA,  

ekspert-yuristimiz.