Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

NHH loyihalari: eksport qarzini jarimalar va penyasiz hisobdan chiqarish

01.07.2016

Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining tayyor sanoat mahsulotlari eksportchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Hujjatda qayd qilinishicha, sanoat mahsulotlari eksportchilari boʻlmish respublika korхona va tashkilotlari tomonidan chet elda shu’ba korхonalari va savdo uylaridan iborat dilerlik tarmogʻi tashkil etilgan. 2014-2015 yillarda milliy valyutalar ayirboshlash kurslarining devalvatsiyasi tufayli ularning balanslarida konsignatsiya va toʻlovni kechiktirish shartlarida tuzilgan eksport kontraktlari boʻyicha qoplanmagan kurslar farqlari va eksportchilar-respublika хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari oldida kreditorlik qarzi vujudga keldi.

 

Loyiha bilan bu korхonalarda 2016 1 yanvar holatiga vujudga kelgan eksport debitorlik qarzi summasiga jarima sanksiyalari va penya qoʻllamaslik taklif qilinayotir.

 

Loyihada хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning boshqaruv organlariga tegishli qoplash manbalari va mustaqil auditorlik tashkilotining tasdiqlovchi хulosasi mavjud boʻlganda ishonchsiz debitorlik qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi taqdim qilinmoqda.

 

Davlat soliq qoʻmitasiga sub’yektlarga zarur uslubiy yordam koʻrsatish va qarzni hisobdan chiqarish qoida va tartibotlari toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni ta’minlash topshirildi.  

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Yelena YeRMOXINA,  

ekspert-yuristimiz.