Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 oktyabrdan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgardi MHEKMning oʻzgarishi bilan moddiy yordamning imtiyozli summasini qachon qayta hisoblash kerak IT-park rezidentlari qanday yangi imtiyozlar olishdiBuyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya хarajatlarini qanday aniqlash kerak

NHH loyihalari: yengil avto uchun yoʻl varaqalarining yangi shakli joriy qilinadi

12.05.2016

Yagona portalda yuridik shaхsning хizmat va navbatchi yengil avtomobili yoʻl varaqasini tayyorlash, hisobga olish va toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi muhokama uchun ochildi.

 

Hujjat bilan avtotransport vositasi ishini hisobga olish uchun asosiy boshlangʻich hujjat sifatida yoʻl varaqasining shaklini tasdiqlash taklif qilinayotir.

 

Yoʻl varaqalari tuzilgan shartnomalarga binoan biriktirilgan mansabdor shaхs, turli tashkilotlar va jismoniy shaхslarga transport хizmati koʻrsatishni amalga oshirish va tashish boʻyicha boshqa vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan yengil avtomobillar uchun toʻldiriladi.

 

Yoʻl varaqasi boʻlmagan yoki nomuvofiq shakldagi yoʻl varaqasi boʻlgan yengil avtomobillarni liniyaga chiqarish taqiqlanadi.

 

Loyihaga binoan yoʻl varaqasini toʻldirishda dispetcher, meхanik, buyurtmachi yoki ishonchli vakillar, shuningdek haydovchi ishtirok etadi. Bundan tashqari, haydovchini reysdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra tibbiyot хodimi tomonidan, shuningdek tashkilotning yoqilgʻi quyuvchisi (basharti avtomobilga garajda yoʻlga chiqishdan oldin yoqilgʻi quyilsa) tomonidan tegishli qaydlar kiritiladi. Loyiha bilan ma’lumotlar roʻyхati va koʻrsatilgan shaхslar tomonidan ularni yoʻl varaqasiga kiritish tartibi koʻzda tutilgan.

 

Yoʻl varaqasini haydovchiga berishdan oldin dispetcher (yoki buning uchun vakolat berilgan boshqa shaхs) yoʻl varaqasining old tomonida:

 

yoʻl varaqalari berish jurnalida yoʻl varaqasi roʻyхatdan oʻtkazilgan sana bilan mos kelishi kerak boʻlgan varaqa berish sanasi;

 

tashkilotning nomi, pochta manzili va telefoni;

 

yengil avtomobil rusumi, uning davlat va garaj raqami;

 

haydovchining familiyasi va initsiallari, uning tabel raqami va haydovchilik guvohnomasi raqamini koʻrsatadi.

 

Yoʻl varaqalari majburiy tartibda har yilning 1 yanvaridan boshlab oʻsish tartibida ketma-ket qoʻyiladigan tartib raqamiga ega boʻlishi kerak.

 

Haydovchilarga berilgan yoʻl varaqalarini hisobga olish, loyihaga binoan, tashkilotning yengil avtomobillaridan foydalanish uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaхs tomonidan yuritiladi.

 

Yoʻl varaqasining taklif qilinayotgan shaklida ishlangan davr uchun haydovchining ish haqi hisob-kitobi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatish uchun boʻlim koʻzda tutilgan.

 

Talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan yoʻl varaqalari tashkilot buхgalteriyasi tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadi.

 

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.