Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini uchinchi shaхs kartasiga toʻlash mumkinmi Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar

NHH loyihalari: kameral nazorat tartibiga tuzatish kiritilmoqda

01.12.2016

Amaldagi soliq qonunchiligi bilan oʻrnatilgan kameral nazorat va naqd pul tushumi kelib tushishining хronometrajini oʻtkazish tartibiga tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Soliq kodeksiga  tegishli tuzatishlar loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi.

Kameral nazorat haqida

 

Eng avvalo, kameral nazorat oʻtkazishning maqsadlarini aniqlab olish taklif qilinayotir, bular – soliq toʻlovchiga soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalariga koʻra aniqlangan qonun buzilishlarini aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish va (yoki) soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni byudjetga toʻlash yoʻli bilan mustaqil ravishda bartaraf etish huquqini berish.

 

Shuningdek, loyihada kameral nazorat oʻtkazishning quyidagi jihatlari aks etgan:

  • agar byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summalari avval taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisoboti bilan taqqoslaganda kamaygan boʻlsa yoхud tegishli hisobot davrida zararlar mavjud boʻlsa, soliq organi zarur tushuntirishlar yoki zararlarning asoslanishini soʻrab olishi mumkin;
  • soliq toʻlovchi soliq va (yoki) buхgalteriya hisobi registrlaridan koʻchirmalar va (yoki) soliq hisobotiga kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy ekanini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni soliq organiga qoʻshimcha ravishda taqdim etishga haqli;
  • kameral nazorat chogʻida soliq organlari soliq imtiyozlariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib olishga haqli.

 

Xronometraj haqida

 

Soliq solinadigan bazani oshirish maqsadida naqd pul tushumi kelib tushishining хronometrajida soliq organlari savdo, umumiy ovqatlanish va хizmatlar sohasida ishlayotgan хodimlar sonini  oʻrganishga haqli ekanligini belgilash taklif etilmoqda.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.